Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Qonun ijrosi yuzasidan

📍 Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi raisi Akbarova Shoira Uktamovna Mo‘lkanlik mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisi bilan uchrashdi.
🤝 Uchrashuv davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔎 Shuningdek, mahallada O‘RQ-562-son Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish va ularning manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🛡 Xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlaridan himoya qilish, huquqiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish borasida deputat, xotin-qizlar faoli hamda mahalla mutasaddilarining hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 1