Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati E.Sadikova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Uchrashuv davomida Qo‘qon shahar, A.T.Ho‘qandiy mavzesi, 45-uy, 34-xonadonda yashovchi fuqaro Abidova Regina Tulkinovna tomonidan oilaviy va ijtimoiy sharoiti bilan bog‘liq muammo ko‘tarildi.

Fuqaroning murojaatida 2024-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi borligi, shuningdek, 1968-yilda tug‘ilgan onasi Y.Qulaxmedovaning salomatligi bilan bog‘liq muammolari sababli unga qarab kelayotgani hamda bu holat doimiy ish bilan band bo‘lish imkoniyatini cheklayotgani bildirilgan.

Aholi murojaatini inobatga olgan holda, deputat E.R.Sadikova tomonidan Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Ergasheva nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘roviga asosan mas’ullar hamda “Oltin vodiй” MFY mutasaddilari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra fuqaroga psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha maslahatlar berildi, farzandini MTMga joylashtirish va "Ayollar daftari"ga kiritish mezonlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar taqdim etildi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, o‘tkazilgan o‘rganish ishlari va berilgan tushuntirishlardan fuqaro qoniqish hosil qilganligini ma’lum qildi hamda murojaat yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi