Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobov tomonidan tumanning “S.Raximov” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori F.Ermetovning faoliyati o‘rganildi.

🟡O‘rganish jarayonida soliq inspektorining mahalladagi faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash, soliq to‘lovchilarga tushuntirish berish hamda soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahallada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan ishlash, yangi tadbirkorlik subyektlarini aniqlash, faoliyatini qonuniy asosda yuritish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish holati ko‘rib chiqildi.

🟡Aholi va tadbirkorlarga soliqlarni o‘z vaqtida va belgilangan tartibda to‘lash, soliq qonunchiligidagi talablarga rioya qilish, mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlarini muntazam olib borish muhimligi ta’kidlandi. Deputat tomonidan soliq inspektorining aholi bilan muloqotiga ham alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarning soliq masalalari bo‘yicha murojaatlarini tinglash, ularga tushunarli va asosli tushuntirishlar berish hamda muammoli masalalarni belgilangan tartibda hal etish zarurligi qayd etildi.

🟡O‘rganish yakunida soliq inspektoriga aholi va tadbirkorlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini muntazam olib borish hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1