Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
⚡️ DEPUTATLIK NAZORATI IJROSI O‘RGANILDI


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 18-“Cho‘yunchi-Qishloqbozor” saylov okrugidan saylangan deputati B. Toshpo‘latov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Hududiy elektr tarmoqlari Sherobod tuman bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

📋 O‘rganish davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan tashkilotga yuborilgan deputatlik nazoratlarining ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

👤 Shu maqsadda Hududiy elektr tarmoqlari Sherobod tuman bo‘limi rahbari G‘. Jovliyev bilan suhbat o‘tkazilib, deputatlik nazorati doirasida yuborilgan masalalarning bajarilish holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

🤝 Uchrashuv yakunida deputatlik nazoratlarini o‘z vaqtida va sifatli ijro etish, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarga amaliy yechim topish hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Deputatlik nazorati — muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashning muhim vositasidir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4