Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
#munosabat

🔰Elektrotexnika sanoati – iqtisodiy taraqqiyotning muhim drayveri

⚡️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, yuqori qo‘shilgan qiymatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarini muhim va istiqbolli qadam, deb hisoblayman.
⚡️Bugungi kunda O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining sezilarli darajada oshgani, eksport geografiyasi kengayib, mahsulotlarimiz 65 ta davlatga yetkazib berilayotgani sohadagi islohotlarning amaliy natijasidir.
⚡️Ayniqsa, mahalliy korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda eksport uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar sanoatning yanada jadal rivojlanishiga xizmat qiladi.
⚡️Men deputat sifatida ushbu yo‘nalishdagi islohotlar yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, yoshlar uchun zamonaviy kasb va imkoniyatlarni kengaytirish hamda yurtimizning eksport salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonaman.
⚡️Eng muhimi, elektrotexnika sanoatida yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendining xalqaro bozorlardagi nufuzini yanada oshirishimiz zarur.

Erkin Tursunov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,