Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Termiz shahar Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#biriktirilgan_tashkilot
#162_qonun
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Termiz shahar Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlariga biriktirilgan shahar tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, qonun hujjatlari ijrosini joylarda o‘rganish hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limida bo‘lib, bo‘lim rahbari F.Xalmuratov bilan bo‘limning bugungi faoliyati yuzasidan suhbat olib bordi.

Xususan, qonun talablarining amaliy ijrosi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, "Yoshlar daftari" bilan ishlash, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlarining ijrosini kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan fikr almashilindi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbirlari deputatlarning biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorligini yanada mustahkamlash, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlar manfaatlarini ta'minlash hamda deputatlik nazoratining ta'sirchanligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda qonun hujjatlari va Kengash qarorlari ijrosini o‘rganish, davlat dasturlari samaradorligini tahlil qilish hamda aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etishga qaratilgan nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.