Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Azizbek Erkinov Ilg‘aldi mahallasining markaziy ko‘chalaridan biri hisoblangan Tadbirkorlar ko‘chasida joylashgan eski madaniyat uyi oldidagi tartibga solinmagan T-chorrahadagi mavjud holatni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mazkur chorrahada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilmagani, shuningdek, ushbu hudud orqali ikki mahalla aholisi transport vositalarining faol harakatlanishi inobatga olinib, chorrahani tartibga keltirish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, Ilg‘aldi mahallasida joylashgan 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi oldidagi o‘quvchilar tomonidan faol foydalaniladigan yo‘l kesishmasida piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli «Bolalar» yo‘l belgisini o‘rnatish hamda piyodalar o‘tish joyini belgilovchi «zebra» chizig‘ini tushirish masalasi ko‘tarildi.

Mazkur masalalarni amaliy jihatdan hal etish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar, ayniqsa, maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Qo‘shko‘pir tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi rahbari D. R. Sapayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida aniqlangan muammolarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘raldi. 

Slide 1 of 1