Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI, YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga muvofiq, mahallalarda “Mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish hamda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati, 11-“Qo‘lichi” saylov okrugidan saylangan Yoqubov Farxod Maxkamovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida “Qo‘lichi”
mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi Azimov Shuxrat Komiljon o‘g‘lining faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Jumladan, joriy yil boshidan buyon 10 nafar yoshning bandligi ta’minlangani, 1 nafar yosh kasb-hunarga o‘qitilgani, 5 nafar yoshga subsidiya asosida asbob-uskunalar olib berilgani qayd etildi. Shuningdek, 2 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun jami 150 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgani ma’lum qilindi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish,yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 1