Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
📌 “JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli Qonuni talablarining ijrosi yuzasidan Gulshan mahallasida o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayoni Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 24-Gulshan saylov okrugidan saylangan deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 36-Monoq saylov okrugidan saylangan deputati Ishchanov Alibek Raximberganovich tomonidan amalga oshirildi.
Xususan, Gulshan mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi qabuliga murojaat bilan kelgan fuqarolarning murojaatlarini qonunchilik talablari asosida qabul qilish, mazmunan ko‘rib chiqish, tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirishlar berish jarayonlari nazorat qilindi.
O‘rganish davomida murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarga rioya etish, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish hamda fuqarolarga murojaatining mazmunidan kelib chiqib aniq va tushunarli tushuntirish berish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
📍 Fuqarolar murojaatlari bilan samarali ishlash — aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omilidir.

Slide 1 of 3