Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
📌 Hududda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish — deputatlar nazoratida

Aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand oilalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga 24-Gulshan saylov okrugidan saylangan deputat  Masharipov Izzat Masharipovich hamda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 36-Monoq saylov okrugidan saylangan deputat Ishchanov Alibek Raximberganovichlar tomonidan Qo’shko’pir mahallasida o‘rganish ishlari olib borilib, aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotlar davomida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, aholi daromadlarini oshirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Qo’shko’pir mahallasida quyidagi aniq vazifalar belgilandi:
·         8 ta oilaga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;
·         59 nafar fuqaroni bandlik bilan ta’minlash;
·         3 nafar fuqaroning ta’lim bilan bog‘liq muammolarini hal etish;
·         62 nafar fuqaroning tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash;
·         xorijda bo‘lib turgan 338 nafar fuqaro bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish;
·         🤝 Belgilangan vazifalar ijrosi deputat va “mahalla еttiligi” hamkorligida manzilli ravishda tashkil etilmoqda.
·         Maqsad aniq: har bir xonadonga kirib borish, muammoni aniqlash va uning еchimiga amaliy ko‘mak berish.
·         Aholi farovonligini oshirish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar deputatlik nazorati ostida davom etadi.

Slide 1 of 2