Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Sessiya oldi Katta Xirmontepa mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mavlonov Azam Qarshievich tomonidan Katta Xirmontepa mahallasidagi 8, 8/1, 8/2, 8/3, 8/4, 18 va 15-uylar oldidagi ichki yo‘llar ko‘zdan kechirildi hamda Chilonzor tuman hokimi tashabbusi bilan ajratilgan mablag‘larning mazkur uylar oldidagi ichki yo‘llarni asfaltlash ishlarini amalga oshirish uchun yetarliligi ham joyida o‘rganildi.

Bunda ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish, avvalo, aholi uchun eng zarur bo‘lgan hududlarni obodonlashtirishga yo‘naltirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur hududdagi yo‘l qoplamasi ancha yillardan buyon ta’mirlanmagani sababli eskirgan, ayrim joylari g‘adir-budir holatga kelib qolgan. Bu esa, ayniqsa, keksa yoshdagilar, bolalar hamda aholining kundalik harakatlanishida muayyan qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Mazkur muammoning aholi uchun dolzarbligini inobatga olgan holda, deputat Mavlonov Azam Qarshievich tashabbusi bilan ushbu hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash masalasi tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.

Shuningdek, mazkur masala yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlarini sifatli hamda belgilangan talablar asosida amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazoratining bunday shakli aholi bilan muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ularni Kengash muhokamasiga olib chiqish orqali fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4