Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
HASANBOY MAHALLASIDA “MAHALLA — UNIVERSITET — YOSHLAR” HAMKORLIGI YO‘NALISHIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida mahalla yoshlarining kelgusidagi ta’lim yo‘nalishlari, kasb tanlashdagi qiziqishlari, oliy ta’lim muassasalariga tayyorgarlik jarayonlari hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan yoshlarga ilm olish, kasb-hunar egallash, iqtisodiy bilimlarni oshirish, raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish hamda kelajakda mehnat bozorida munosib o‘rin topish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, yoshlarning ta’limga qamrovi, kasbga yo‘naltirilishi, bandlikka tayyorlanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va mahallada ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu jarayon “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

Uchrashuv yakunida Hasanboy mahallasida yoshlarning ta’limga qiziqishini kuchaytirish, universitet va mahalla o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni davom ettirish hamda yoshlarni ilm-fan va kasb-hunarga yanada keng jalb etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

✅ Hasanboy mahallasida yoshlarni bilimli, faol va tashabbuskor qilib tarbiyalashga qaratilgan ma’rifiy hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5