Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Mahalla obodligi — aholi farovonligi va bolalar quvonchi

Mahallada o‘tkazilayotgan «Obodlik va mehr-saxovat oyligi» doirasida aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, ayniqsa, bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuhrat Murotovich tashabbusi va amaliy ko‘magi bilan mahalla hududidagi Dilxush ko‘chasi, 1–12-ko‘p qavatli uylar hududida joylashgan vorkaut va bolalar maydonchasidagi sport inventarlari ta’mirlandi, qayta tiklandi hamda zamonaviy ko‘rinish kasb etishi uchun bo‘yoqlash ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ishlar natijasida maydoncha yanada obod va ko‘rkam holatga keltirilib, hududda istiqomat qiluvchi aholi, ayniqsa, yoshlar va bolajonlarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi, faol dam olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Bunday tashabbuslar mahallada obodlikni ta’minlash bilan bir qatorda, aholi salomatligi, yosh avlod tarbiyasi va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Mahalla obod bo‘lsa — aholi kayfiyati ko‘tariladi, bolalar kulgisi esa hududga yanada fayz bag‘ishlaydi.

Slide 1 of 4