Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
“YANGIBOG‘” MAHALLASIDA DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Voropayeva N. “Yangibog‘” mahallasida fuqarolar bilan ishlash va ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan deputatlik faoliyati doirasida navbatdagi uchrashuvda ishtirok etdi.

👮‍♀️Uchrashuv profilaktika inspektori xonasida tegishli xodim bilan hamkorlikda o‘tkazilib, unda xotin-qizning murojaati tinglandi hamda uning huquqlari, yordam so‘rab murojaat qilish tartibi va muammoli vaziyatlarda ko‘rilishi mumkin bo‘lgan himoya choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

⚖️Deputat Voropayeva N. fuqaroga uning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.

🤝Mazkur uchrashuv deputatning aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolar muammolarini o‘rganish va ularning qonuniy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy faoliyatining navbatdagi ko‘rinishi bo‘ldi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1