Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati, 14-Navoiy saylov okrugi deputati M.Ravshanova tomonidan Tuman Madaniyat binosida faoliyat yuritayotgan bolalar kutubxonasining bugungi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida kutubxonaning moddiy-texnik holati, mavjud kitob fondi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kitoblarni saqlash va ulardan samarali foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kutubxonaga tashrif buyurayotgan bolalar soni, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, yosh toifalariga mos badiiy va ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi ham ko‘zdan kechirildi.

Mutaxassislar bilan suhbat davomida yosh avlod o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni mutolaa qilishga keng jalb etish hamda kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, kitob fondini zamonaviy va bolalar uchun qiziqarli adabiyotlar bilan boyitish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

📖 Yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish — ularning ma’naviy kamoloti va kelajagi uchun muhim omildir.

Slide 1 of 4