Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 14-Navoiy saylov okrugi deputati M.Ravshanova tomonidan saylov okrugidagi ko‘p qavatli uylarda aholiga xizmat ko‘rsatayotgan liftlarning ishlash holati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida liftlarning texnik sozligi, xavfsiz ishlashi, muntazam texnik xizmat ko‘rsatilishi hamda mavjud nosozliklar holatiga e’tibor qaratildi.

🔹 Shuningdek, fuqarolarning liftlardan foydalanish bilan bog‘liq murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
Bugungi kunda ko‘p qavatli uylardagi liftlarning xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta’minlash aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishning muhim omillaridan biridir. Amaldagi talablarga ko‘ra, liftlarning muntazam texnik xizmat va nazoratdan o‘tkazilishi belgilangan.

📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, liftlarning soz holatda ishlashini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4