Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
#162_qonun

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-573-son "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonuni (yangi tahrir) ijrosi yuzasidan tegishli davlat organlari, banklar va mas’ul tashkilotlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔍 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

✅ valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya etilishi;

🏦 jismoniy va yuridik shaxslarning valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqlarining ta’minlanishi;

📋 valyuta nazorati tizimining samaradorligi hamda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga yaratilgan shart-sharoitlar;

⚖️ valyuta qonunchiligiga rioya etilishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qonun ustuvorligini ta’minlash;

📊 milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash, valyuta bozorini rivojlantirish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligi.

📌 Mazkur Qonunning asosiy maqsadi — valyutani tartibga solish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yagona huquqiy asoslarini belgilash, valyuta bozorining barqaror faoliyatini ta’minlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

🏢 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1