Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
#162_qonun

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-son "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan tegishli davlat organlari, investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgan korxona va tashkilotlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔍 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

✅ investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etilishi;

💼 mahalliy va xorijiy investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati;

🏗 investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi;

🤝 investitsiyalarni jalb etish, qulay investitsiya muhitini yaratish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;

📊 hududlarda investitsiya jozibadorligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilayotgan loyihalarning natijadorligi.

📌 Mazkur Qonunning asosiy maqsadi — investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, investitsiyalarni rag‘batlantirish hamda mamlakatda qulay va barqaror investitsiya muhitini yaratishdan iborat.

🏢 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1