Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida Parkent tumani “Novdak” MFYdagi 45-oilaviy poliklinikada aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlarni qabul qilish tizimi, shuningdek, imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati yaqindan ko‘rib chiqildi.Xususan, oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi tomonidan aholiga bepul yetkazib beriladigan 120 turdagi dori vositalarini qabul qilish, saqlash va fuqarolarga tarqatish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.Dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash hamda ushbu jarayonlarga mas’ul xodimlar faoliyati yuzasidan ham tushuntirishlar olindi.Ma’lum qilinishicha, mazkur muassasada 4 nafar shifokor va 27 nafar hamshira tomonidan aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.Shuningdek, muassasada raqamli tibbiy xizmatlarni joriy etish holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.Mas’ul xodim Z.Toshpo‘latova bilan DMED ilovasi orqali oilaviy shifokor qabuliga onlayn yozilish, tashriflar tarixini kuzatish hamda fuqarolar uchun qulay vaqtda elektron navbat belgilash imkoniyatlari amaliy jihatdan ko‘rib chiqildi.O‘rganish jarayonida amaliyot hamshirasi Eshonxo‘jayeva O‘g‘iloy bilan suhbat o‘tkazilib, muassasa faoliyati va bemorlarni qabul qilish jarayoni haqida batafsil ma’lumot olindi.Ta’kidlanishicha, bugungi kunda bemorlarni qabul qilish jarayoni to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, o‘rganish kuni shifokorlar qabuliga jami 200 nafar bemor ro‘yxatdan o‘tgan.O‘rganish yakunida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash borasidagi deputatlik va jamoatchilik nazorati izchil davom ettiriladi.  

Slide 1 of 6