Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zXDP partiyasidan 2-Hamza saylov okrugidan saylangan deputat Asqar Baxromov tomonidan Hamza mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli Lola Po‘latxo‘jayeva tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, 2026-yil davomida Hamza mahallasida jami 110 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan.

Ular quyidagi toifalar bo‘yicha qamrab olingan:

🔹 1-toifa — ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar — 58 nafar;
🔹 2-toifa — tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki faoliyatini kengaytirish istagidagi xotin-qizlar — 2 nafar;
🔹 3-toifa — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar — 5 nafar;
🔹 4-toifa — tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar — 25 nafar;
🔹 5-toifa — huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar — 20 nafar.

📌 Bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar:

✅ 10 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan;
✅ 10 nafar xotin-qizga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratilgan;
✅ 1 nafar ayolga uy-joyini ta’mirlash uchun qurilish materiallari olib berilgan;
✅ 15 nafar xotin-qizga huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

👩‍👩‍👧‍👦 Deputat o‘rganishi yakunida xotin-qizlar bandligini yanada oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga kengroq jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2