Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHALARI MUHOKAMA QILINDI

#doimiy_komissiya_Uchtepa #deputatlik_faoliyati #ekspert_guruhlari

“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHALARI MUHOKAMA QILINDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🕯 Yig‘ilishda “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

↗️ Xususan, g‘olib loyihalarning manzilli dasturini shakllantirish, shuningdek, ularni belgilangan tartibda moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

📈 Yig‘ilish davomida loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

💼 Mazkur doimiy komissiya yig'ilishida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari U.Abilov va Z.Kuziyevalar ham ishtirok etdilar.

🧠 “Tashabbusli byudjet” doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan loyihalarning amaliy ijrosini ta’minlash hamda hududlarda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4