Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi ♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi



📝 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri Asqar Baxramov tumandagi Nafis MFY hududida joylashgan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va yengilliklarning amaldagi holati hamda ularning to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishdan asosiy maqsad — nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyoz va yengilliklarning qonunchilik talablari asosida to‘g‘ri hamda shaffof qo‘llanilishini ta’minlashdan iborat.

✍️Tahlillar:

Tumandagi 40 ta MFYda 40 nafar ijtimoiy xodim faoliyat yuritmoqda.
Tumanda nogironligi bo‘lgan fuqarolar soni 3 065 nafarni tashkil etadi:
1-guruh: 339 nafar
2-guruh: 2 345 nafar
3-guruh: 381 nafar
O'rganish davomida fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanish darajasi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda murojaatlar bilan ishlash tizimi atroflicha tahlil qilindi.

✅Mas’ul mutaxassislar bilan o‘tkazilgan muloqotda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

✨ Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda davlat ijtimoiy kafolatlarini to‘liq ta’minlash deputatlik nazoratining diqqat merkazida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 4