Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanida 1000 gektardan ortiq maydonning sug‘orish tizimini yaxshilash loyihasi deputatlik nazoratiga olindi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bilan ta’minlashni yaxshilash, suv isrofining oldini olish hamda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish maqsadida yirik irrigatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 13-Farovon saylov okrugi deputati A.Pardayev hamda tuman hokimining o‘rinbosari A.Doniyorov "Bahoriston" va "Farovon" MFYlar hududidagi fermer xo‘jaliklari hamda aholi tomorqalarida olib borilayotgan beton ariq tortish ishlarini o‘rgandilar.

Loyiha doirasida jami 893 gektar fermer xo‘jaligi yerlari va 590 ta xonadonning 177 gektar tomorqa maydonlarini suv bilan ta’minlovchi sug‘orish tarmoqlari yangilanmoqda. O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi tahlil qilinib, pudratchi tashkilot mas’ullariga ishlarni sifatli yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Loyihaning muvaffaqiyatli yakunlanishi hududda dehqonchilik va bog‘dorchilik samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 6