Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
#Chinoz_tumani #Deputat_nazorati Xo'ja MFYdagi qurilish ishlari deputat nazoratida


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zXDP partiyasidan 3-Usmon Yusupov saylov okrugidan saylangan deputat Mirsoat Mirsodiqov tomonidan Xo'ja MFYdagi Ko'p qavatli uylarda amalga oshirilayotgan ishlarni o'rgandi.

🏛 Mazkur ishlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ–100-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-son qarori asosida 2025–2026-yillarda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida olib borilmoqda.

🔸 Loyiha doirasida Chinoz tumanidagi 20 ta to'rt qavatli ko'p xonadonli uy:
🔸 fasad qismini bazalt materiallari bilan qoplash;
🔸 tom qismini zamonaviy issiqlik izolyatsiyasi bilan ta'mirlash;
🔸 quyosh panellari va ♨️ issiqlik nasoslarini o'rnatish;
🔸 ichki muhandislik tarmoqlarini yangilash;
🔸 energiya tejamkor uskunalarni joriy etish orqali issiqlik energiyasi bilan barqaror ta'minlash rejalashtirilgan.


🏢 Buyurtmachi tashkilot — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi davlat muassasasi tomonidan xorijiy ekspertlar va konsalting kompaniyalari ishtirokida loyiha ishlab chiqilib, tender savdolari natijasida pudratchilar belgilangan.

✍️ Deputat Mirsoat Mirsodiqov amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlarni deputatlik nazorati asosida o'rganib, quruvchi ustalarga topshiriqlar berdi.

Slide 1 of 3