Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–71-son Farmoni ijrosi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash masalasi joyida o‘rganildi.

👥 Mazkur o‘rganishda Tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi P. Jalilov, Tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Qurbonov, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi E. Abdirahmonov, yoshlar maslahat guruhi a’zosi D. Ziyodullayev hamda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vakili Z. Rasilova ishtirok etdi.

🔎 O‘rganish davomida “Qashqadaryo suv ta’minoti” AJ Muborak tuman filiali tomonidan korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, inson omilini kamaytirish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
2026-yilning 8 oyi davomida 72 km ichimlik suvi tarmoqlari nazoratdan o‘tkazilgan, 24 ta zadvishka va zatvor texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan hamda 9 mingdan ortiq xonadonga onlayn suv hisoblagichlari o‘rnatilgan.
Muborak tumanidagi 72 km ichimlik suvi tarmoqlari nazoratdan o‘tkazilgan;
▫️ oqova suv tizimidagi 3 ta KNS texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan;
▫️ aholiga xizmat ko‘rsatishda inson omilini qisqartirish maqsadida raqamlashtirish choralari kuchaytirilgan.
⚖️ Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishda xolislik, qonuniylik, shaffoflik va halollik tamoyillariga rioya etishi, qarindoshlik va tanish-bilishchilik asosida qarorlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📞 Fuqarolarning korrupsiyaga oid holatlar bo‘yicha murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ishonch telefonlari va murojaat kanallari ham yo‘lga qo‘yilgan.
Yig'ilish davomida savollar ham berildi.
❓ Savol: Aholiga xizmat ko‘rsatishda inson omilini kamaytirish va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
💬 Javob: Onlayn suv hisoblagichlari o‘rnatilgan fuqarolarning telefon raqamlari bazaga kiritilib, qarzdorlik summalari SMS orqali yuborilmoqda. Bu fuqarolar va soha xodimlari o‘rtasidagi inson omili aralashuvini qisqartirishga xizmat qilmoqda.
❓ Savol: Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha xodimlarga qanday talablar qo‘yilgan?
💬 Javob: Xodimlar shaxsiy manfaatlarini xizmat manfaatlaridan ustun qo‘ymasligi, qarindoshlik yoki tanish-bilishchilik asosida qarorlar qabul qilmasligi hamda manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida rahbariyatni o‘z vaqtida xabardor qilishi lozim.
⚠️ O‘rganish davomida hisobotni tayyorlashda ayrim kamchiliklar ham aniqlandi.
Jumladan, amalga oshirilgan ishlarning ayrimlari bo‘yicha aniq natijalar va ko‘rsatkichlarni batafsil yoritish, Farmon va Qonun talablari ijrosini alohida yo‘nalishlar kesimida tizimli aks ettirish, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha amaliy ishlar va natijalarni aniq ko‘rsatish zarurligi ta’kidlandi.

📝 Shuningdek, hisobot matnida ayrim tahririy va texnik kamchiliklar mavjudligi qayd etilib, mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda hisobotni qayta ko‘rib chiqish, aniq ma’lumotlar bilan to‘ldirish va belgilangan talablar asosida qayta tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

📌 O‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada masalani ko‘rib chiqishda inobatga olinadi.
Slide 1 of 7