Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotov tomonidan tuman Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda FHDYo bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida markazga murojaat qilayotgan fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayoni, ularning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda davlat xizmatlarini belgilangan tartibda ko‘rsatish holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, aholi uchun yaratilgan sharoitlar, kutish joylari, xizmat olish jarayonida fuqarolarga qulayliklar yaratilganligi hamda xizmat ko‘rsatish madaniyati o‘rganildi. Fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha ovoragarchilik va vaqt sarfining oldini olish, xizmatlarni tezkor va sifatli ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.

🔻O‘rganish davomida FHDYo bo‘limi faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bo‘lim tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

🔻O‘rganish yakunida mas’ul xodimlar bilan mavjud masalalar muhokama qilinib, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, fuqarolarning murojaatlariga e’tiborli munosabatda bo‘lish va yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3