Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Alisher Navoiy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Alisher Navoiy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov Alisher Navoiy mahallasida Kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqarolar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini shakllantirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, ularning muammolari, ehtiyojlari va takliflari tinglandi. Xususan, Murodova Farida va O‘roqova Yulduzga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ajratilgan tikuv mashinalari hamda faoliyat yuritish uchun ijaraga olingan joylardagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Melikova Sabohatni bandligini ta’minlash maqsadida chorvachilik va tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Ravshanqulova Oltinoyni esa doimiy ish bilan ta’minlash hamda farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Fuqarolarning nogironligi bo‘lgan farzandlarini zarur tibbiy ko‘rik va davolanish bilan qamrab olish, shuningdek, adaptiv sport turlariga jalb etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar yakunida har bir xonadon bilan manzilli ishlash, fuqarolarni tadbirkorlik va doimiy mehnat faoliyatiga jalb etish, barqaror daromad manbaini shakllantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

Slide 1 of 3