Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
«Xalqobod» mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Xalqobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Yambaroq mahallasida joylashgan 5-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

#24_ta_muhim_masala
Yambaroq mahallasida joylashgan 5-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Bumayramxon Sabirova tomonidan 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, xususan, isitish tizimlarini mavsumga tayyorlash, issiqlik ta’minotining uzluksizligini ta’minlash, bino va inshootlarning tom qismi, eshik va derazalar holati, elektr tarmoqlari hamda yong‘in xavfsizligi vositalarining sozligi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Ta’lim muassasasida mavjud 3 ta isitish qozoni ko‘zdan kechirilib, ularning texnik holati yaxshi ekani aniqlandi. Mazkur isitish qozonlari orqali 13 ta sinf xonasini isitish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, o‘rganish davomida maktabning qish mavsumida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etishi uchun yopiq sport zaliga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Mazkur masala ta’lim muassasasi uchun dolzarb muammolardan biri sifatida qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maktabning kuz-qish mavsumida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 3