Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yetimqum mahallasida mahalla mutasaddilari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida o'rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xomkon mahallasida deputatlik faoliyati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
3-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
«Qishloqozon» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
«Xomkon» mahallasida bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
«Rabotak» mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va deputatlik tavsiyalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
«Kelajak markazi»da faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganildi
янв.21
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
📢 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI CHAQIRILADI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisining farmoyishiga asosan, Kengashning yettinchi chaqiriq yigirma to‘qqizinchi sessiyasi 2026-yil 10-sentabr kuni soat 15:00 da tuman hokimligi binosining majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
📋 SESSIYA KUN TARTIBIGA QUYIDAGI MASALALAR KIRITILGAN:
1️⃣ Shovot tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida.
2️⃣ Davlat kadastrlari palatasi Shovot tumani filiali boshlig‘i Ro‘zmetov Zoxitjon Rajabboyevichning tumanda 2026-yil yanvar–avgust oylarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
3️⃣ Shovot tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi direktori Saidov Mardon Bakiyevichning tumanda 2026-yil yanvar–avgust oylarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
4️⃣ Jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portali orqali Shovot tumanida 2026-yil 2-mavsumida o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonida g‘olib bo‘lgan loyihalarni tanlab olish va **“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”**dagi mablag‘larni mazkur loyihalarga yo‘naltirish to‘g‘risida.
5️⃣ Shovot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Saidov San’at Qutlimuratovichning tuman hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
6️⃣ Shovot tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
📌 MUHIM: Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli mas’ullar tomonidan ma’lumotlarni 2026-yil 8-sentabrga qadar Kengash kotibiyatiga taqdim etish belgilangan.
🎥 Sessiya ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘tkaziladi hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri (onlayn) efirga uzatiladi.
📅 Sana: 2026-yil 10-sentabr
🕒 Vaqt: 15:00
📍 Manzil: Tuman hokimligi binosi, majlislar zali
🤝 Ochiqlik. Shaffoflik. Xalq manfaatlari!