Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘iston” mahallasida hududni obodonlashtirish va tadbirkorlik loyihalari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvda ta’lim va tarbiya masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Karmaki” mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumani sport maktabidagi mavjud holat o‘rganildi
янв.21
«Zartepa» mahallasida infratuzilma va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik masalalari o‘rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
янв.21
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
#Hokim yordamchisi faoliyati va aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi

#Hokim yordamchisi faoliyati va aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi R.Djumanova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan “Yangilik” MFYda hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

🖇 O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan hududda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹 Aholini kambag‘allikdan chiqarish yo‘nalishida
Alohida e’tibor kambag‘al va kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish hamda har bir oila bilan individual ishlash orqali ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosiga qaratildi.
Oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirish, mehnatga layoqatli fuqarolarni doimiy yoki mavsumiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga jalb etish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

🔹 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash
O‘rganish jarayonida aholining murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 5