35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangi hayot” mahallasida obodonlashtirish va tozalik masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish olib borildi
янв.21
“Kunchiqish” mahallasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Qishloqozon” mahallasida yangi loyihalar amalga oshiriladi
янв.21
Qiziriq tumanidagi “Takiya ota” qabristonida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga imtiyozli kredit ajratish masalasi o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumanida olib borilgan o'rganishlar yakunida tumanda barqaror ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumanida savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” yo‘nalishida o‘rganish ishlari olib borildi
#qonun_162 Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputatati 3-Gilambob saylov okrugi deputatati Mavlono Rano tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o‘rgandi.

#qonun_162

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputatati 3-Gilambob saylov okrugi deputatati Mavlono Rano tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahallada yashovchi fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsiz qatlamni qisqartirish, ularni o‘quv kurslariga jalb qilish hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish borasidagi chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan imtiyozlar, subsidiya va tadbirkorlikni boshlash uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning mazmun-mohiyati mahalliy aholiga yetkazildi.

Tuman deputatati R.Mavlonova mahalladagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ishsiz fuqarolar bilan yma-yuz muloqot qilib, ularning muammolarini tingladi. Muloqot natijasida ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va kasanachilikka jalb etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mahallada bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi bunday amaliy o‘rganishlar boshqa mahallalarda ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 1