35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangikent” mahallasida yoshlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangikent” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ni yaratish bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o'granish olib borildi
янв.21
Tuman IIBda qonunchilik ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
“Kunchiqish” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ni yaratish bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Qonunchilik talablari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA OLDINDA TURGAN VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri Ye.Mirzayev tomonidan 15-Utemurat saylov okrugi hududi Shieli OFY mahalla yettiligi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla hududida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, obodonlashtirish hamda hududdagi mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan doimiy va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish muhimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, hududdagi dolzarb masalalarni hamkorlikda hal etish, aholining turmush sharoitini yaxshilash va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3