35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Istara” mahallasida xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Zartepa” mahallasida yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Kunchiqish” mahallasida yo‘l va piyodalar yo‘laklari sifati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
“Bog‘iston” mahallasida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
“Gulzor” mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro xonadonidagi holat o‘rganildi
янв.21
Yakkaterak mahallasida ichki yo‘lni asfaltlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahallasida mahalla raisi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyati
Adliya bo‘limining yarim yillik faoliyati deputatlar ishtirokida muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni dastlabki muhokama qilish maqsadida doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Termiz shahar Adliya bo‘limining 2026-yil I yarim yilligida amalga oshirgan ishlari muhokama qilindi. Kun tartibidagi masala bo‘yicha shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Qoraboyev axborot berdi.

Huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida

Hisobot davrida inson huquqlarini himoya qilish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar huquqlarini ta’minlash, korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda qonunchilik mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan jami 570 ta targ‘ibot tadbiri o‘tkazilgan.

Shundan:

inson huquqlariga oid — 192 ta;

xotin-qizlar huquqlariga oid — 114 ta;

voyaga yetmaganlar huquqlariga oid — 78 ta;

korrupsiya va huquqbuzarliklarga oid — 104 ta;

boshqa qonun hujjatlariga oid — 248 ta tadbir tashkil etilgan.

Shuningdek, joylarda 323 ta ma’ruza, 562 ta davra suhbati va seminarlar o‘tkazilgan. Mahallalar va ta’lim muassasalarida 1 018 ta, mehnat jamoalarida 315 ta, boshqa joylarda esa 223 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan.

Fuqarolar huquqlari himoyasi

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida 89 ta murojaat ko‘rib chiqilib, shundan 63 tasi qanoatlantirilgan, 26 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ko‘zlab sudlarga 40 ta da’vo va ariza kiritilib, barcha 40 ta holatda buzilgan huquqlar tiklangan. Sud qarorlari asosida yetkazilgan moddiy zarar hamda 169 mln 77 ming 106 so‘mdan ortiq da’vo summasi undirib berilgan.

Davlat xizmatlari

Davlat xizmatlari markazi tomonidan yilning I yarim yilligida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga jami 50 031 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan. Shundan 3 594 tasi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

FHDYO yo‘nalishida

Hisobot davrida 3 537 ta tug‘ilish qayd etilgan. Shundan 1 813 nafari o‘g‘il, 1 724 nafari qiz bolalardir. Shu davrda 185 ta ajrim va 866 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Yig‘ilish yakunida Termiz shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Qoraboyevning axboroti yuzasidan doimiy komissiyalarning tegishli xulosasi shakllantirildi hamda qo‘shma yig‘ilish qarori qabul qilindi. Shuningdek, kun tartibidagi masalani Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish belgilandi.

Slide 1 of 3