Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.
янв.21
Viloyatimizning har bir go‘shasini bunyodkorlik va obodlik maskaniga aylantirishda barchamiz munosib hissa qo‘shaylik!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Iminov Odiljon Karimovichning Qiziriq tumanidagi saylovchilar bilan uchrashuvi Qorasuv mahallasida o‘tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Iminov Odiljon Karimovichning Qiziriq tumanidagi saylovchilar bilan uchrashuvi
янв.21
Sayyor qabul
янв.21
Maktab va mahalla deputatlar nigohida
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashi deputati Xolmo'minov Abdivali Abdikarimovich hamda mahalla fuqarolar yig’ini raisi Jumayev Shokir Zoirovich bilan birgalikda, mahallada yashovchi fuqarolar xonodonlarida o'rganish ishlari olib borishdi.
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va «Mahalla yettiligi»ning o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari
янв.21
"Yoshlar qanoti"xamkorligida; yoshlar bilan partiya
янв.21
Aholi murojaatlari bo‘yicha uchrashuv
Xalq deputatlari Bo'ka tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 6-sessiyasi

    

     

  Tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari va tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o'tgan sessiya kun tartibiga muvofiq 

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli Qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

  Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining 2024-yil 28-fevraldagi VI-90-21-10-137-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

  Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilariga axborot berish jarayonlaridagi uchrashuvlarni rasmiylashtirish hamda aniqlangan muammolarni tizimli hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida;  

   Bo‘ka tumani prokuraturasi tomonidan tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2024-yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida;

   Bo‘ka tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tumanda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti;

   Tuman mahalliy byudjetining 2025-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.

   Sessiya davomida mas'ullarning hisobotlari tinglandi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 9