35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Istara” mahallasida xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Zartepa” mahallasida yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Kunchiqish” mahallasida yo‘l va piyodalar yo‘laklari sifati o‘rganildi
янв.21
“Bog‘iston” mahallasida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
“Gulzor” mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro xonadonidagi holat o‘rganildi
янв.21
Yakkaterak mahallasida ichki yo‘lni asfaltlash masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
"Yangiobod" mahallasida mahalla raisi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
BOLALAR UCHUN YARATILGAN YASHIL HUDUD VA HAYVONOT BOG‘I O‘RGANILDI

 BOLALAR UCHUN YARATILGAN YASHIL HUDUD VA HAYVONOT BOG‘I O‘RGANILDI

⚡️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tomonidan 9-“G‘alaba” saylov okrugi hududida joylashgan 146-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, yashil hudud, ekologik burchaklar hamda hayvonot bog‘i faoliyati o‘rganildi.

🌿 Tashrif davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning tabiatga mehrini oshirish, ekologik madaniyatini shakllantirish, atrof-muhitni asrab-avaylashga o‘rgatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

🏡 Ta’lim tashkilotida bolalarning ekologik tarbiyasini rivojlantirish maqsadida “Ekologik burchak” va “Ekologik so‘qmoq” tashkil etilgan. Shuningdek, “Bizning bog‘imiz” va “Issiqxona” maydonlarida tarbiyalanuvchilar o‘simliklarni parvarish qilish, ekinlarni yetishtirish va hosilni yig‘ib olish jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda.

Mazkur amaliy mashg‘ulotlar orqali bolalarda tabiatni sevish va asrash, jonivorlarni parvarish qilish, o‘simliklarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, chiqindilarni maxsus idishlarga joylashtirish kabi ekologik ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹 O‘rganish jarayonida bolalar uchun yaratilgan yashil hudud va hayvonot bog‘ining holati, xavfsizligi hamda undan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Mazkur ishlar qonunlar ijrosi doirasida, jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” hamda “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash nuqtayi nazaridan o‘rganildi.

Deputatlik nazorati doirasida bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish, ekologik madaniyatini yuksaltirish hamda yashil hududlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbirda Kotibiyat bosh mutaxassisi B. Xoliqjonova hamda DMTT rahbariyati ishtirok etdi.

🌱 Tabiatga mehr — bolalikdan shakllanadigan ezgu qadriyatdir!

Slide 1 of 8