35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Adliya bo‘limida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“Yakkaterak” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasidagi 33-son maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Takiya” mahallasida ta’lim va tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Buyuk kelajak” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahaallasida tuman Kengashi qarori ijrosi o'rganildi
Kengash_faoliyati

Mahallalarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida hududlarda tizimli o‘rganish ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishlar doirasida deputatlarga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan mahallalarda olib borilayotgan ishlar, mas’ul tashkilotlar faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar muntazam ravishda o‘rganilib, mavjud holat tahlil qilinmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 3-Saroy saylov okrugidan saylangan deputat O.Allaberdiyevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov "Saroy" mahallasida bo‘lib, mahallaga biriktirilgan soliq xodimining faoliyatini joyida o‘rgandi. O‘rganish davomida soliq ma’murchiligini takomillashtirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va ularni faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yish, soliq bazasini kengaytirish, aholi hamda tadbirkorlar bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari, murojaatlar bilan ishlash holati va belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi. O‘rganish natijalari deputatlik nazorati doirasida umumlashtirilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Mahallalarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarni kompleks rivojlantirish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1