35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Adliya bo‘limida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Yakkaterak” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasidagi 33-son maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Takiya” mahallasida ta’lim va tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Buyuk kelajak” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahaallasida tuman Kengashi qarori ijrosi o'rganildi
Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati N. I. Babojonova, Hayrabod MFY raisi G. Rajabova hamda Hayrabod mahallasidagi Bo‘stonliq va Mevaston ko‘chalari boshliqlari O. Matyoqubov va Q. Matyoqubovlar ishtirokida hududdagi yo‘l infratuzilmasi va tungi yoritish tizimining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholining murojaatlari va takliflari tinglanib, hududdagi mavjud muammolar, xususan, ichki yo‘llarning holati hamda tungi yoritish tizimidagi kamchiliklarga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur masalalar aholining xavfsiz va munosib yashash sharoitlarini ta’minlash, hudud obodonchiligini yaxshilash hamda infratuzilma xizmatlari sifatini oshirish nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda fuqarolarning qonuniy murojaat va takliflarini amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar xalq deputatlari Kengashi deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.