35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Adliya bo‘limida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“Yakkaterak” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasidagi 33-son maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Takiya” mahallasida ta’lim va tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Buyuk kelajak” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahaallasida tuman Kengashi qarori ijrosi o'rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov tomonidan tuman soliq inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi 776-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

#162_qonun
#Hukumat_qarori

Hukumat qarori ijrosi savolnoma asosida o‘rganildi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov tomonidan tuman soliq inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi 776-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida soliq to‘lovchilarning soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularni rasmiylashtirish va belgilangan tartibda ko'rib chiqish holatlari savolnoma asosida tahlil qilindi.

Shuningdek, soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq hujjatlarning yuritilishi, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etilishi hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1