35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Adliya bo‘limida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“Yakkaterak” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasidagi 33-son maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Takiya” mahallasida ta’lim va tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Buyuk kelajak” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahaallasida tuman Kengashi qarori ijrosi o'rganildi
YANGI ASR KOʻCHASIDA OʻRGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

 YANGI ASR KOʻCHASIDA OʻRGANISH ISHLARI OLIB BORILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati B.Sharipov, “Madad” NNT Quva
tuman vakili X.Qodirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Toʻxtasinov tomonidan
Xonobod mahalla fuqarolar yigʻini Yangi asr koʻchasida oʻrganildi.
 

Koʻchaboshi T.Mahmudov muloqot davomida maishiy chiqindilarni koʻchalardan
oʻz vaqtida olib chiqish xizmatini yanada yaxshilash zarurligi taʼkidlandi.
Xususan, “Toza hudud” korxonasi maxsus texnikalari belgilangan grafik asosida
kelmayotgani, ayrim holatlarda chiqindilar bir oyda bir marotaba olib
chiqilayotgani yuzasidan eʼtirozlar bildirildi.
 

Muloqot davomida aholi xonadonlarining holati, koʻchaning obodonligi va
mavjud infratuzilma holatiga eʼtibor qaratildi.
 

Oʻrganish yakunida fuqarolar tomonidan biror-bir jiddiy muammo yoki
murojaat bildirilmagani, mahalladagi mavjud sharoitlardan aholi rozi ekanligi
qayd etildi.
 

Koʻchadan maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish masalasi “Deputatning
koʻcha aylanish daftari”ga qayd etildi, hal etilish masalasi nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 3