Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.
янв.21
Viloyatimizning har bir go‘shasini bunyodkorlik va obodlik maskaniga aylantirishda barchamiz munosib hissa qo‘shaylik!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Iminov Odiljon Karimovichning Qiziriq tumanidagi saylovchilar bilan uchrashuvi Qorasuv mahallasida o‘tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Iminov Odiljon Karimovichning Qiziriq tumanidagi saylovchilar bilan uchrashuvi
янв.21
Sayyor qabul
янв.21
Maktab va mahalla deputatlar nigohida
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashi deputati Xolmo'minov Abdivali Abdikarimovich hamda mahalla fuqarolar yig’ini raisi Jumayev Shokir Zoirovich bilan birgalikda, mahallada yashovchi fuqarolar xonodonlarida o'rganish ishlari olib borishdi.
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va «Mahalla yettiligi»ning o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari
янв.21
"Yoshlar qanoti"xamkorligida; yoshlar bilan partiya
янв.21
Aholi murojaatlari bo‘yicha uchrashuv
Yangiobodlik aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzolari, partiya vakillari va mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhi aʼzolari Yangiobod tumanida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, bevosita mahallalarga, aholi xonadonlariga kirib, ularning muammolari bilan yaqindan tanishdilar.

Ishchi guruh aʼzolari dastlab “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlishdi. “Chakand”, “Namingon”, “Pastkichaqir”qishloqlaridan iborat mazkur mahalla fuqarolar yigʻini hududida ayni kunlarda 90 dan ortiq issiqxonalar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Xususan, Sulaymonqul Normuhamedov oʻz xonadonida 30 million soʻm kredit mablagʻi olib, ikki sotixlik issiqxona faoliyatini yoʻlga qoʻygan edi. Limon va mandarin yetishtirilayotgan ushbu issiqxonadan xonadon egalari yiliga 30-35 million soʻm sof daromad olishmoqda.

Aholi bilan samimiy va ochiq muloqotlar chogʻida ularni qiynayotgan muammolar, kamchiliklar xususida ham suhbatlashdilar.

Slide 1 of 8