35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Adliya bo‘limida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“Yakkaterak” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasidagi 33-son maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Takiya” mahallasida ta’lim va tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Buyuk kelajak” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahaallasida tuman Kengashi qarori ijrosi o'rganildi
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA KAPITAL TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA

 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA KAPITAL TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR
NAZORATIDA
 

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov
boshchiligida, Kengash deputatlari D.Sodiqova, A.Dadajonov,
Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi J.Abdurashidov hamda
kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov ishtirokida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-son "Energiya
samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida Quva tumanidagi
32-son maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan kapital ta’mirlash
ishlari joyida o‘rganildi.
 

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 7 mlrd 200 mln 511 ming so‘mni
tashkil etib, qurilish-montaj ishlari "FERGANA AVTOMAT RASCHOT" MChJ
tomonidan olib borilmoqda.
 

O‘rganishlar davomida qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha-smeta
hujjatlariga muvofiqligi, bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish
materiallarining me’yorlarga mosligi, ob’ektda energiya tejovchi
texnologiyalarni joriy etish holati, ishlarning belgilangan muddatlarda amalga
oshirilishi hamda qurilish maydonida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
 

Shuningdek,
mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida
bartaraf etish, qurilish ishlarining sifatini ta’minlash hamda ob’ektni
belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli tavsiya va
takliflar berildi.
 

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib,
qurilish ishlarining borishi yuzasidan muntazam monitoring olib borilishi
ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 8