35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev deputatning saylov okrugi hududidagi "Mustaqillik” mahallasida joylashgan 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazoratini amalga oshirdilar.
янв.21
“Gulzor” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Yetimqum” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Gulobod” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Navro‘z” mahallasidagi 22-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Zarobod” mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Takiya ota” ziyoratgohidagi ishlar deputatlik nazoratida
янв.21
“Shodlik” mahallasidagi ko‘p kvartirali uyda PQ-48-son qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
“YANGI HAYOT” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
Deputat saylovchilari bilan uchrashib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi

Deputat saylovchilari bilan uchrashib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi

🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 42-Gʻoʻzalkent saylov okrugi deputati A. Surmanov tomonidan 2026-yil 10-iyul kuni Pastdargʻom tumanidagi “Bahor” mahallasida joylashgan 117-maktab binosida saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazilib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.

✍️ Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda deputat tomonidan hududlarda amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlarini hal etish borasidagi sa’y-harakatlar, shuningdek, kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

📍Uchrashuvda tuman Kengash kotibiyati mudiri F.Xolmurodova, tuman hokimining masalahatchisi, tuman tashkiloti mutaxassislari, saylov okrugi tarkibiga kiruvchi Oʻtarchi, Beklar, Mash’al, Oltiqahramon, Gʻoʻzalkent, Mevali, Navbahor, Paxtakor, Qoʻqsoy, Zorman, Yangi Avlod, Guliston, Qoʻshquduq, Qarshiobod, Yangi Ravot, Yangi Qishloq va Bogʻishamol mahallalari aholisi, mahalla faollari hamda siyosiy partiya vakillari ishtirok etdi.

♾ Muloqot davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Tadbir ishtirokchilari tomonidan mahallalardagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar va tashabbuslar ilgari surildi. Bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda koʻrib chiqilishi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topilishi ta’kidlandi.

✔️Uchrashuv yakunida deputat va saylovchilar oʻrtasidagi bunday ochiq muloqotlar hududlarni rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni joyida oʻrganib, amaliy hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Slide 1 of 3