Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash raisi "Yetimqum" mahallasida: o‘rganish, muloqot va ma’naviy tadbir
янв.21
Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rganish olib bordi
янв.21
Saylovchilar bilan belgilangan jadval asosida navbatdagi qabul o‘tkazildi
янв.21
Yosh ijodkorlar — deputat e’tiborida
янв.21
“Zarobod” mahallasida dasturlar ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“Gulobod” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Tinchlik” mahallasida tomorqadan samarali foydalanish ishlari o‘rganildi
янв.21
30-sonli umumta’lim maktabi faoliyati joyida o‘rganildi
O'zbekiston yoshlari - kelajak posponlari

 Mamlakatimizda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Toshkent tibbiyot Akademiyasi Urganch Filialining “davolash ishi” fakulteti tomonidan “O’zbekiston yoshlari-kelajak posbonlari!” shiori ostida ko’tarinki ruhda bayram tadbiri bo’lib o’tdi. 

Tashkil etilgan tadbirda so’z olgan O‘zbekiston “VETERAN” jangchi faxriy va nogironlari birlashmasi Xorazm viloyat bo’limi rahbari, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati Boltayev Rustam Ismailovich barchani 14- yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan qutladi. Ezgu niyatlar bildirildi. 

Shundan so’ng Urganch shahridagi harbiylashtirilgan akademik litseyo‘quvchilari hamda harbiy orkestri tomonidan jangovorlik harakatlari aks etgan chiqishlar hamda vatan, ona yurt, tinchlik tarannum etilgan kuy-qo’shiqlari jarang sochdi. Bu esa yoshlarda yanada vatanga bo‘lgan mehr va sadoqatni ortishida muhim o’rin egalladi. Egnidagi libos, boshni tik tutib yurt tinchligi yo’lida kamarbasta bo’lgan xar bir vatan posponlari esa el ardog’idadir. Tadbir barchaga birdek manzur bo’ldi. 

Slide 1 of 1