Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash raisi "Yetimqum" mahallasida: o‘rganish, muloqot va ma’naviy tadbir
янв.21
Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rganish olib bordi
янв.21
Saylovchilar bilan belgilangan jadval asosida navbatdagi qabul o‘tkazildi
янв.21
Yosh ijodkorlar — deputat e’tiborida
янв.21
“Zarobod” mahallasida dasturlar ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“Gulobod” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Tinchlik” mahallasida tomorqadan samarali foydalanish ishlari o‘rganildi
янв.21
30-sonli umumta’lim maktabi faoliyati joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Karimova hamda Jizzax shahar Kengashi deputatlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024 yil 19 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalar va bu vazifalarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini o‘rnatish, Xalq deputatlari viloyat Kengashi harakatlar dasturining ijrosi, hokimlarning hududlarni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarida belgilangan vazifalarni manzilli o‘rganish hamda deputatlik nazoratini o‘rnatish maqsadida viloyat Kengashi deputatlarini shahar va tuman Kengashi deputatlariga biriktirish, hududdagi muammo va kamchiliklarni ijobiy hal etish choralarni ko‘rish kabi masalalar yuzasidan fikr bildirildi.

    Shuningdek, uchrashuv davomida yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlariga asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga berilgan vakolatlar va vazifalar, ularni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar, O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ham batafsil maʼlumotlar berildi. 

Slide 1 of 4