Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Shodlik” mahallasida deputatlar bilan ochiq muloqot va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi: hamkorlikda taraqqiyot yo‘lida
янв.21
“Shodlik” mahallasida jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi va obodonlashtirish ishlari joyida o‘rganildi
янв.21
“Deputat nazoratida obodonlashtirish va ijtimoiy loyihalar”
янв.21
Mahalladagi o‘zgarishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlar joylarda: amaliy o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Kengash raisi "Yetimqum" mahallasida: o‘rganish, muloqot va ma’naviy tadbir
янв.21
Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir

Barchamizga ma’lumki fuqarolarimizda, ayniqsa yosh avlod vakillari hisoblangan o‘quvchi va talaba yoshlarda ona yurtga sadoqat, vatan ramzlariga bo‘lgan hurmatini yanada oshirish shuningdek, vatanparvarlik xissini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida davlatimiz ramzi hisoblangan bayroqlarimizni barchaga ko‘rinib turadigan shaklda hamda davlat idoralari, tashkilot, massasalar, aholi xonadonlari hamda umumiy ovqatlanish binolariga o‘rnatib chiqish tavsiya etilgan.

Musaffo va sokin osmon uzra esayotgan mayin shamolda har qanday odamni ko‘zini quvnatadigan shaklda esayotgan mustaqil yurtimizning bayrog‘i yuqorida berilgan tavsiyaning to‘g‘ri tanlanganligidan dalolat beradi.

Biroq shahrimiz hududida joylashgan ayrim bino va xonadonlardagi bayroqlar vaqt o‘tishi bilan eskirib yaroqsiz holga kelib qolganligini kuzatishimiz mumkin. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5 moddasida aynan davlat ramzlariga alohida urg‘u berilib, davlat ramzlari davlat himoyasida ekanligi ta’kidlanganligini inobatga olib, xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan shahrimiz hududida joylashtirilgan davlatimiz ramzlarini kuzatish va eskirganlarini yangisiga almashtirish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, masala joyida bartaraf etilmoqda.

Slide 1 of 1