35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Istara” mahallasida xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Zartepa” mahallasida yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Kunchiqish” mahallasida yo‘l va piyodalar yo‘laklari sifati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
“Bog‘iston” mahallasida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
“Gulzor” mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro xonadonidagi holat o‘rganildi
янв.21
Yakkaterak mahallasida ichki yo‘lni asfaltlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahallasida mahalla raisi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyati
📊 XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI


📊 XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI

⚡️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Kengash reglamenti talablariga rioya etilishi, deputatlarning odob-axloq qoidalariga amal qilishi, doimiy komissiyalar va sessiyalar faoliyatining qonunchilik asosida tashkil etilishi yuzasidan tizimli nazorat-tahlil ishlari amalga oshirildi.

📌 Hisobot davrida 4 nafar komissiya a’zosi ishtirokida 2 ta komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi, 1 ta masala Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritildi hamda 7 ta nazorat-tahlil tadbiri amalga oshirildi. O‘rganishlar yakunida tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.

📚 Deputatlarga biriktirilgan qonunlar:

✅ "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – mahalliy Kengashlar, doimiy komissiyalar va ularning vakolatlarini belgilaydi.
✅ "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – deputatlarning huquq va majburiyatlari, deputatlik odobi hamda faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.
✅ O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi – deputatlik vakolatlarini amalga oshirish va saylov jarayonlariga oid asosiy normalarni belgilaydi.
✅ "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-419, 03.01.2017) – deputatlik faoliyatida halollik, ochiqlik va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi.
✅ "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-474, 12.04.2018) – davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratining huquqiy asoslarini belgilaydi.
✅ "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-445, 11.09.2017) – fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

📎 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Kengash faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, deputatlik odob-axloqi qoidalariga rioya etilishi, qonunchilik ijrosi hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1