35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Adliya bo‘limida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
“Yakkaterak” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasidagi 33-son maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Takiya” mahallasida ta’lim va tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Buyuk kelajak” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Yangiobod" mahaallasida tuman Kengashi qarori ijrosi o'rganildi
Jinoyatchilikning oldini olish – xavfsiz mahalla va osoyishta hayot garovi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 19-Xumin saylov okrugidan saylangan deputat N. Fatullayeva o‘z saylov okrugida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tahliliy o‘rganish olib bordi.
📌Tahlil davomida hududda sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlari, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla fuqarolar yig‘inlari va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
📌Deputat tomonidan jinoyatchilikning oldini olishda aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda profilaktik chora-tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
📌Ta’kidlanganidek, hududlarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini ishonchli himoya qilishda deputatlik nazoratini kuchaytirish va barcha mas’ul idoralar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.