35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik
янв.21
“Navro‘z” mahallasidagi 22-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Takiya ota” ziyoratgohidagi ishlar deputatlik nazoratida
янв.21
“Shodlik” mahallasidagi ko‘p kvartirali uyda PQ-48-son qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Zarobod” mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Gulobod” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
“Yetimqum” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev deputatning saylov okrugi hududidagi "Mustaqillik” mahallasida joylashgan 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazoratini amalga oshirdilar.
янв.21
“Gulzor” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“YANGI HAYOT” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
Qonun ustuvorligi — mahalla taraqqiyotining muhim omili

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y. Mo‘minova "O‘zbekiston" mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-350-son Qonunining mazmun-mohiyati, uning amaliy ahamiyati hamda qonun ijrosini samarali ta’minlash masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahalla fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash va qonun talablarini amaliyotga samarali tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, bildirilgan taklif va mulohazalar tinglandi.

Slide 1 of 4