Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏥 Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati R.Yegitaliyev hamda Kengashi Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan deputatga biriktirilgan Bag‘dod tumani tibbiyot birlashmasida mas'ullar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yanada takomillashtirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi, dori vositalari ta'minoti hamda sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish va tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2