Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PQ–386-son qaror ijrosi doirasida “Takiya ota” ziyoratgohidagi qurilish va obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Donayev tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan ishlar o'rganildi
янв.21
Hududdagi suv saqlash ob'ekti holati o'rganildi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat K. Mirzayev “Buyuk kelajak” mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar qabuli o‘tkazdi
янв.21
“Yangi hayot” mahallasida deputat uchrashuvi: muammolar va takliflar muhokama qilindi
Kutubxona faoliyati o‘rganildi

Kutubxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q.Igamberdiyeva Qiziriq tumani Axborot-kutubxona markazida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, kitob fondining holati, axborot-resurs xizmatlari hamda aholi, ayniqsa yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, deputat markaz xodimlari bilan muloqot o‘tkazib, ularning faoliyati, mavjud muammolar va takliflari yuzasidan suhbatlashdi. Muloqot davomida kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirish, kitobxonlar sonini ko‘paytirish hamda aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Q_Igamberdiyeva

Slide 1 of 2